Jasur Jaloliddinov: "Terma jamoaga chaqiruv olish - g'urur va katta sharaf"

Mirjalol Normatov
22 yanv 2026, 21:44
O'zbekiston termasining Dubaydagi yig'inida qatnashayotgan Jasur Jaloliddinov milliy jamoaga chaqirilgani haqida gapirdi.

"Terma jamoaga chaqiruv olish - g'urur va katta sharaf. Bundan juda ham xursandman. Har bir futbolchi kabi murabbiylarning ishonchini oqlashga maksimal harakat qilamiz. Mashg'ulotlarda murabbiylar o'zi xohlagan narsalarni tushuntirishga harakat qilmoqda va jismoniy yuklamalar bilan birgalikda bo'lmoqda. O'ylaymanki, murabbiylar ko'rsatmalari bilan futbolchilar ham kundan-kunga holatimizni yaxshilab boramiz", - dedi Jasur Jaloliddinov.

Oldinroq O'zbekiston terma jamoasi Dubayda ikkita nazorat o'yinida qatnashishi ma'lum qilingandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/FAUzbekistan