

- Nomdor jamoaga qarshi o'ynadik. Uchrashuv debyutidagi ikkita xato yakunda qimmatga tushdi. O'yin jihatidan olib qaralsa, biz yaxshi harakat qildik, deb o'ylayman. O'z imkoniyatimizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, yaxshi o'yin ko'rsatdik. Bir narsani tan olish kerak, "Bunyodkor" bu baribir "Bunyodkor". Hujum chizig'i? Taran va Polvonov tandemi ko'rsatayotgan o'yindan ko'nglim to'lmoqda. Biz barcha o'yinda bor kuchimiz bilan o'ynaymiz. Hamma narsa futbolchilarning o'ziga bog'liq. Kelgusida biz ko'plab g'alabalarni qo'lga kiritamiz, deb umid qilaman.



