Ixtiyor Karimov: Obodga malaka va tajriba yetishmayapti

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2016, 19:09
12-tur o'yinlarini boshlab bergan Obod – Sho'rtan uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ixtiyor Karimov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
-   Bugun muxlislar ikki xil taymga guvoh bo'lishdi. 1-taymda jamoam o'z o'yini ko'rsata olmadi. Bunga charchoq alomatlari ham ta’sir ko'rsatdi. Negaki Obod klubi bizga nisbatan bir kun ko'proq dam olgan edi. Ikkinchi bo'limda jamoamiz o'ziga keldi va natijada irodali g'alabaga erishdik.

-   Oboddan darvozamizni ikki bor ishg'ol qilgan futbolchi (Shoxruz Norxonov)ni alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardim. U himoyachilarimizni butun o'yin davomida bosim ostida ushlab turdi.

-   Uchrashuvning so'nggi daqiqalarini asosan himoyada o'tkazganimizga kelsak, Obod futbolchilari hujumkorlikni kuchaytirishdi. Chunki ular mag'lubiyatdan qutilishga intildilar. Futbolda raqib qanday imkon bersa shunga qarab o'ynaysan. Shu bois o'yin oxirlarida qarshi hujumga tayanib harakat qildik.

-   Obod yaxshi jamoa. Ularning shu kungacha o'tkazgan o'yinlarini sinchkovlik bilan o'rgandik. Jamoada ishtiyoq kuchli. Menimcha ularga malaka va tajriba yetishmayapti.

Obod FK matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia