

- Bugun biz nomdor jamoaga qarshi maydonga tushdik. Kamida durang uchun Toshkentga kelgandik. Ammo uchrashuv biz uchun omdasiz boshlandi. Men darvozabon va Igor Taranning jarohat olganini nazarda tutyapman. O'yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Taranning ikkinchi taymda yo'qligi jamoamiz o'yiniga o'z ta’sirini o'tkazdi. Eldor Tojiboev asosiy darvozabonimiz sanaladi. Shu bois kiperimizning jarohati futbolchilarga ruhan ta’sir qildi. Ammo Alibek Turobovning o'yinidan mamnun bo'ldim.



