Italiya Superkubogi Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Taqvim ma'lum

Administrator
9 okt 2024
Turnirda to'rtta klub qatnashadi.

Italiya Superkubogi 2-6 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. 

2 yanvar kuni "Inter" "Atalanta" bilan birinchi yarim finalda maydonga tushsa, 3 yanvar kuni "Yuventus" va "Milan" ikkinchi yarim finalda o'zaro kurash olib borishadi. Final 6 yanvar kuni o'tkaziladi.

Uchchala o'yin ham Ar Riyod shahridagi Kindom Arena stadionida o'tkaziladi.


AdministratorMuallif
Manba: football-italia.net