Ispaniyaning Millatlar Ligasi uchun qaydnomasi e'lon qilindi

Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi mamlakat terma jamoasining Millatlar Ligasi doirasidagi kutilayotgan o'yinlar uchun qaydnomasini e'lon qildi.

"Furiya roxa" ustozi Luis Enrike 25 nafar futbolchini jalb qilgan. 

Darvozabonlar: Kepa, David De Xea, Unai Simon.

Himoyachilar: Serxi Roberto, Xesus Navas, Serxio Ramos, Erik Garsiya, Pau Torres, Inigo Martines, Gaya, Serxio Regilon.

Yarim himoyachilar: Rodri, Serxio Buskets, Fabian Ruis, Serxio Kanales, Mikel Merino, Koke, Markos Lorente.

Hujumchilar: Adama Traore, Dani Olmo, Ferran Torres, Jerar Moreno, Alvaro Morata, Ansu Fati, Mikel Oyarasabal.

Ma'lumot uchun, ispanlar 14 noyabr kuni Shveytsariya bilan, 3 kundan keyin Germaniyaga qarshi maydonga chiqishadi. Mazkur o'yinlardagi g'alaba Ispaniya uchun guruh g'olibligini kafolatlaydi.


Manba: SeFutbol