Ispaniya kubogi. "Mirandes"ning "ertagi" nihoyasiga etdi

5 mar 2020, 03:07
Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida "Mirandes" va "Real Soedad" jamoalari o'rtasida javob uchrashuvi o'tkazildi.

"Sosedad" ikki bahs natijasiga ko'ra mazkur juftlik g'olibiga aylandi va final chiptalariga ega chiqdi. Segunda B vakili "Mirandes" klubining musobaqadagi ajobtovur sayohati nihoyasiga etdi. Ammo ushbu jamoa futbolchilari mamlakat kubogi bahslarida na "Real", na "Atletiko"-yu "Barselona" kelolmagan bosqichga yetib kelganlari bilan bemalol maqtansalar bo'ladi.

Ispaniya kubogi. "Selta", "Sevilya", endi esa "Vilyarreal" mag'lub etildi – "Mirandes" yarim finalda

Mirandes – Real Sosedad 0:1 

4 mart, 01.00, Estadio de Anduva

Gol:

0:1 – 41, Oyarsabal (penalti).

Mirandes – Limones, Serxio Gonsales, Onayndia, Gonsales (Martines, 61), Malsa, Rey (Mario Barko, 82), Guridi, Sanches (Markos de Souza, 72), Merkelans, Mateus Ayyas, Enrik Frankesa.

Real Sosedad – Remiro, Monreal, Elustondo, Le Norman, Saldua, Yanuzay, Edegor (Gevara, 90), Merino, Subeldiya, Oyarsabal (Barrenechea, 78), Villian Joze (Isak, 66).

Ogohlantirishlar:

Gonsales (31), Monreal (32), Villian Joze (50), Yanuzay (72), Rey (72), Mario Barko (83), Saldua (90).

Bu juftlik o'rtasidagi birinchi o'yinda 2:1 hisobi qayd etilgandi.

"Sosedad"ning finaldagi raqibi bugun "Granada" va "Atletik Bilbao" jamoalari o'rtasidagi bahsda aniqlanadi.



Manba: championat.asia