Islom Inomov "Bunyodkor"ni tark etdi

Sherzod Nurmatov
10 iyun 2025, 14:43
"Bunyodkor" sport direktori Islom Inomov klubdan ketdi.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, Islom Inomov "Bunyodkor" sport direktori lavozimidan bo'shagan. 

Sobiq futbolchi bu lavozimda 2 yil faoliyat yuritdi. U Ilyos Zeytullaev jamoaga olib kelinishida katta rol o'ynagan edi.

"Bunyodkor" 11 o'yindan so'ng 17 ochko bilan 7-o'rinni band etib turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia