Iroq terma jamoasini kim boshqaradi? Short-listdagi murabbiylar ma'lum

Xayrulla Xoliqov
6 iyul 2021, 16:19
Iroq milliy terma jamoasi o'ziga bildirilgan ishonchni oqlab, JCH-2022 saralash bahslarining hal qiluvchi uchinchi raundiga yo'l oldi.

Bu jamoani mana shu bosqichgacha etaklab kelgan Srecko Katanets maosh bilan bog'liq muammo yuzaga kelgani bois terma jamoani tark etdi. Aytish mumkinki, so'nggi olti oydan beri sloveniyalik murabbiyga pul to'lanmadi. 

Shunga qaramay, Iroq futbol federatsiyasi yangi murabbiy topish ishlarini boshlab yubordi. Iroqlik jurnalist Hassanin Mubarak o'zining Tvitter sahifasi orqali federatsiya o'rganib chiqayotgan murabbiylar ro'yxatini keltirdi. Aytish mumkinki, ro'yxatdan faqat xorijlik murabbiylar o'rin olgan. 

Xuan Antoni Picci (Argentina)

Paulo Autori (Braziliya)

Pedro Emmanuel (Portugaliya)

Rezvan Luchesku (Ruminiya)

Pako Errera (Ispaniya)

Serxio Piernas (Ispaniya)

Denni Blind (Niderlandiya)


Ma'lumot uchun, Iroq terma jamoasi JCH-2022 saralash uchinchi bosqich "A" guruhida Eron, Janubiy Koreya, BAA, Suriya va Livanga qarshi bahs olib boradi.

1-tur. 2 sentyabr

Janubiy Koreya – Iroq

2-tur. 7 sentyabr

Iroq – Eron

3-tur. 7 oktyabr 

Iroq – Livan

4-tur. 12 oktyabr

BAA – Iroq

5-tur. 11 noyabr

Iroq – Suriya

6-tur . 16 noyabr 

Iroq – Janubiya Koreya

7-tur. 27 yanvar

Eron – Iroq 

8-tur. 1 fevral

Livan – Iroq

9-tur. 24 mart

Iroq – BAA

10-tur. 29 mart

Suriya – Iroq


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia