"Inter"ning 4 o'yinchisida koronavirus aniqlangan. "Milan" bilan derbi - 17 oktyabrda

Alisher
9 okt 2020, 10:14
"Inter" yarim himoyachilari Raja Nainggolan va Roberto Galyardini koronavirus uchun musbat test topshirishgan.

Oldinroq, infekciya Milan Shkrinyar va Alessandro Bastonida ham aniqlangandi. 

Shunday ekan hozirga kelib milanliklarning to'rt o'yinchisida infekciya bor.

"Inter" A Seriyaning keyingi turida "Milan" bilan o'ynaydi. Bahs 17 oktbyar kuni bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it