"Inter" va "Milan" Eron termasi hujumchisiga qiziqmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
17 iyul 2023
Italiyalik insayder Janluka Di Marcioning xabar berishicha, "Portu" hujumchisi Mexdi Taremi A Seriya grandlari e'tiborini tortdi.

"Inter" va "Milan" futbolchini o'z safiga qo'shib olish variantlarini o'rganib chiqmoqda. Portugaliya klubi hujumchisi uchun 30 million evro olmoqchi. "Ajdarlar" 25 million + bonus ko'rinishidagi taklifni qabul qilishlari ham mumkin. Taremining "Portu" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.

O'tgan mavsum 50 o'yinda Mexdi 31 ta gol urdi va 10 ta assist etkazib berdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com