"Inter" MYUga yana bir taklif yubormoqchi

Mirjalol Normatov
1 iyul 2019
"Inter" "Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukakuni transfer qilish uchun yana bir bor urinib ko'radi.

"Daily Express" xabariga ko'ra, tomonlarning yana bir muzokaralari yaqin kunlarda boshlanadi. Milan jamoasi esa futbolchi uchun 85 million evro taklif qiladi.

Qayd etish kerak, "Inter" Lukaku bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. Endi klublar o'rtasida kelishuv bo'lsa transfer amalga oshadi.

O'tgan mavsumda Lukaku MYU tarkibida 45 o'yinda qatnashib, 15 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express