"Inter" braziliyalik futbolchisini sotishga tayyor

Alisher
28 iyun 2019, 10:49
"Inter" himoyachisi Dalbert shu yozda Fransiyaga qaytishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcio xabar berishicha, "Lion" 25 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 18 million evro taklif qilgan. Faqatgina Italiya klubi o'yinchi uchun 20 million evrodan kamiga rozi emas.

Dalbert yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 12ta o'yinda maydonda tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Dalbert 2016 yildan 2017 yilgacha "Nicca"da o'ynagan. Shundan so'ng "Inter"ga 21 million evro evaziga o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com