Immobile tanqidlarga javob qaytardi

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2022
Italiya va "Lacio" klubi hujumchisi Chiro Immobile A Seriyaning 22-turida "Salernitana"ga qarshi o'yindagi (3:0) dublidan keyin terma jamoada o'ynay olmasligi haqidagi tanqidlarga javob berdi.

"Evroda 2 ta gol urganim, "Lacio" uchun A Seriyada 140 ta to'p kiritganim, Yevropa chempioni bo'lganim, "Oltin butsa" olganim va chempionatda 3 marta to'purar bo'lganim rezyumemda ko'rsatib o'tilgan.

Bularning barchasi hammasini anglatib turibdi. Bu borada bahslashishdan foyda yo'q", – dedi Immiobile.

Italiyalik hujumchi joriy mavsumda A Seriyada 18 o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: DAZN