Ilichich A seriyada to'rtinchi xet-trikiga erishdi

“Atalanta” yarim himoyachisi Yosip Ilichich A seriya 21-turida safarda “Torino”ga (7:0) qarshi kechgan bahsda raqib darvozasini uch bor aniq nishonga oldi.

Bu  bilan sloveniyalik futbolchi Italiya chempionatidagi faoliyati davomida to'rtinchi bor xet-trik qayd etdi.

Bundan tashqari faqatgina Ilichich so'nggi uch mavsumdan buyon A seriyada xet-trikka erishayotgan yagona futbolchi bo'lib qolmoqda.

Joriy mavsumda sloveniyalik futbolchi “Atalanta” safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta golga mualliflik qildi.


Manba: Gracenote Sports