Ikrom Aliboev "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
22 iyul 2022, 12:47
"Paxtakor" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev klub bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.

"Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanalgan Aliboev joriy yil boshidan jamoamiz safida o'ynab kelmoqda. 

Klub va futbolchi hamkorlikni davom ettirishga kelishib, shartnoma muddatini 2024 yil so'ngiga qadar uzaytirishdi. 

Ikrom jamoamizga ko'plab sovrinlani qo'lga kiritishda yordam berishiga ishonamiz", - deyiladi "sherlar" xabarida.


AlisherMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати