Ikkinchi liga. “Do'stlik-K yirik hisobda g'alaba qozondi va birinchi o'ringa ko'tarilib oldi

18 iyun 2015, 13:32
Samarqand viloyat Ikkinchi liga chempionatining 6-turidan o'rin olgan "Do'stlik-K" hamda "Maroqand" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda o'ta yirik 10:0 hisobi qayd etilib, kattaqo'rg'onliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu bahsda Abdumalik Nabiev to'rta gol urib, poker qayd etgan bo'lsa, Axmad Quldoshev o'z nomiga dublni rasmiylashtirdi. Uchrashuvda yana Muslimbek Ikromov, Davron Raxmonov, Azizbek Tog'aev hamda Asliddin Kamolovlar ham bittadan gol urib, mezbonlarning yirik hisobdagi g'alabasi hissa qo'shishdi.
 
Mazkur g'alabadan so'ng, "Do'stlik-K" to'plar nisbatiga ko'ra birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
 
Ikkinchi liga, 6-tur.
17 iyun (chorshanba)
“Do'stlik-K” (Kattaqo'rg'on shahri)  -  “Maroqand”  (Samarqand tumani)  - 10:0
Hakamlar:
SH. Kamarov (Samarqand) – 8,5, R. Hakimov (Samarqand) – 8,3, S. Ernazarov (Payariq)  - 8,2.
Nazoratchi: S. Abdullaev (Samarqand).
Gollar: Ahmad Quldoshev (6,12), Abdumalik Nabiev (14,30,67,76), Asliddin Kamolov (18), Muslimbek Ikromov (48), Davron Raxmonov (58), Azizbek Tog'aev (60).
Ogohlantirishlar:  O'tkir Alamov (17) – (“Maroqand”), Azizbek Tog'aev (52) - (“Do'stlik” jamoasi).


Manba: samfutbol.uz