IFFHS. So'nggi 10 yillikning eng sermahsul himoyachilari ro'yxatida Xolmuhammedov Van Deykdan yuqorida qayd etildi

Eldor Akmurzayev
28 yanv 2021, 20:10
Xalqaro futbol tarixi va statistika federatsiyasi (IFFHS) dunyoning so'nggi 10 yillikdagi eng foydali himoyachilar reytingini e'lon qilgandi.

Unda yetakchi sifatida “Real” va Ispaniya terma a'zosi Serxio Ramos ko'rsatilgan edi – 89 gol.

NL - milliy chempionatlardagi gollar;

NC - milliy kuboklardagi gollar;

ICC - klub safida xalqaro musobaqalardagi gollar;

NT - terma jamoadagi gollar.

IFFHS tomonidan tuzilgan TOP-62 ro'yxatdan o'zbekistonlik 2 himoyachi ham o'rin oldi.

“Qo'qon-1912” a'zosi Murod Xolmuhammedov 2011 yildan boshlab, 2020 yil oxirigacha raqiblar darvozasini 47 marta ishg'ol etgan holda reytingda 19-o'rinda qayd etilgan. Undan keyingi pog'onada esa Virjil van Deyk (46) turibdi.

Shuningdek, ro'yxatda “Dinamo”, “So'g'diyona” va “Metallurg” sobiq himoyachisi Dilmurod Karimov ham bor – 35 gol bilan 52 o'rin.

P.S. To'liq reyting bilan esa quyidagi link orqali tanishishingiz mumkin. 





Reklama




Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS