Qarshi davlat universiteti Liga a'zosi bo'lish uchun ariza berdi

Alisher
17 yanv 2025
Universitet rektori Dilmurod Nabiev kecha - 16 yanvar kuni Ligaga rasmiy murojaat bilan chiqib, QarDU qoshida tashkil etilgan "Lochin" jamoasining Birinchi ligada ishtirok etish rejasi haqida ma'lum qildi. 

"Lochin" 2022 yildan boshlab qatorasiga uch bor viloyat kubogini qo'lga kiritib kelmoqda. Jamoa, shuningdek, 2022 yilda Hokim kubogi va Ikkinchi liga musobaqalarida zafar quchishga muvaffaq bo'lgan. Kubokdagi g'oliblik QarDU jamoasiga Liga qatnashchisi bo'lish imkoniyatini taqdim etadi. 

Ma'lumot uchun, 2024 yilda Farg'ona va Buxoro davlat universitetlari Liga qatnashchilari safiga qo'shilgan bo'lib, FarDU 1 yil ichida Proliga yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.

Liga Qarshi davlat universiteti arizasini mamnuniyat bilan o'rganib chiqadi va tez orada hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishni boshlaydi.


AlisherMuallif
Manba: ЎзПФЛ