Henderson JCH-2022dan keyingi tatildan voz kechdi

Sherzod Nurmatov
14 dek 2022, 17:35
Angliyalik allaqachon mashg'ulot olib bormoqda.

"Liverpul" yarim himoyachisi Jordan Henderson Jahon chempionatidan keyin tatilga chiqmadi. Futbolchi Angliya terma jamoasi turnirni tark etganidan atigi 3 kun o'tib "qizillar" mashg'ulotlarida qatnashishni boshladi. Bu haqda mersisaydlar rasmiy sayti xabar berdi.

"Liverpul"ning navbatdagi o'yini 22 dekabr kuni Angliya Liga Kubogi 1/8 finalida "Manchester Siti"ga qarshi kechadi. Oradan to'rt kun o'tgach, "qizillar" APL doirasida "Aston Villa" bilan o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com