Hamid Aktamov: "Farg'ona ahliga rahmat"

Aslanov Jasurbek
8 fev 2016, 17:12
“Neftchi” – “Qizilqum” bahsidan so'ng mehmonlar menejeri Xamid Aktamov matbuot anjumanida ishtirok etdi:

- Qiziqarli o'yin bo'ldi, - deb gap boshladi Xamid G'ulomovich – Har ikkala jamoa ham chiroyli futbol ko'rsatishdi. Faqat hakamlarning xatosi o'yinga ta’sir qildi. Yordamchi hakam chiroyli o'yinni buzdi. Yigitlarning bugungi harakatlari uchun uzr so'rayman. Turnirdagi bahslarda hakamlar ko'p bora bizning zararimizga qarorlar qabul qilishdi. Bu esa futbolchilarga qattiq ta’sir qildi.

- “Neftchi”dan kimni o'yini sizga yoqdi ?

- Farg'onaliklardan Abdumavlon Abdujalilovni o'yini yoqdi.

- Penaltidan so'ng  “Qizilqum” futbolchilari o'yinni yakunlamay maydonni tark etishni boshlashdi.  Bu muxlislar uchun hurmatsizlik emasmi?

- O'yindan oldin  yigitlar bilan gaplashdik. Chiroyli o'yin ko'rsatishlarini uqtirgandim. “Neftchi”ga ham natija kerakligini bilardik. Faqat o'yinda bosh hakam “penalti emas”, dedi, yordamchi hakam “qo'liga tegdi”, deb bayroqcha ko'tardi. Bu maydonda ter to'kib harakat qilayotgan futbolchilarga salbiy ta’sir qilishi aniq. Yigitlar maydondan chiqib ketayotganda indamadim. Keyin Tohir aka Kapadzedan, hakamlar adolatli o'yinni boshqarishlarini so'radim. Juda qiziq o'yin bo'layotgan edi. Farg'onalik muxlislarga rahmat. Qarang, bugun stadion tribunalari to'ldi! Yordamchi hakam esa hammasini buzdi.

- Turnir haqidagi fikringizni tinglasak.

- Turnir juda chiroyli o'tdi.  Ayniqsa birinchi liga klublari menda ijobiy taassurot qoldirdi. "Cementchi” menga eng maqul kelgan jamoa bo'ldi. Quvasoyliklar tarkibidan bir-necha nafar futbolchilarni “Qiilqum”ga taklif qildik. Mana Farg'onani o'zida ular bilan shartnoma qilishga ham ulgurdik, - dedi “Qizilqum” bosh menejeri. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcneftchi.uz