Hakamga hujum qilgan "Ankaraguju" sobiq prezidenti 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2024, 19:19
"Ankaraguju" sobiq prezidenti Faruk Kojaga qonuniy jazo tayinlandi, deb xabar bermoqda NTV.

Klubning sobiq rahbari badanga qasddan shikast etkazishda ayblanib, sudlangan.

O'tgan yilning dekabr oyida Koja Turkiya Superligasining 15-turi doirasidagi "Rizespor"ga (1:1) qarshi o'yindan so'ng hakam Halil Umut Melerni do'pposlagandi. Uning xatti-harakatlariga Melerning ishidan norozilik sabab bo'lgan. Keyinroq u "Ankaraguju" prezidenti lavozimini tark etgan va umrbod futboldan chetlashtirilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: NTV