"Ankaraguju" prezidenti futboldan bir umrga chetlashtirildi

Sherzod Nurmatov
15 dek 2023
Bu haqda Turkiya Futbol Federatsiyasi sayti xabar berdi.

"Ankaraguju" prezidenti Faruk Koja hakam Halil Melerni kaltaklagani uchun umrbodga diskvalifikaciya qilindi.

Bundan tashqari, "Ankaraguju" 2 million lira (taxminan 69 ming dollar) jarima to'laydi va beshta uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazadi.

Avvalroq tergov doirasida policiya tomonidan qo'lga olingan Koja klub prezidentligidan iste'foga chiqqan edi. 

Mamlakat professional futbol ligalarida voqea sabab qoldirilgan o'yinlar 19 dekabrdan boshlab davom ettiriladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tff.org