Gyundogan "Barselona" bilan o'yinga tayyormi degan savolga: “O'ynamayapman, qanday tayyor bo'lishim mumkin?”

10 okt 2026, 11:38
"Galatasaroy" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan jurnalistlarning Chempionlar ligasida "Barselona" bilan bo'ladigan o'yin haqidagi savoliga javob berdi.

CHL umumiy bosqichining 2-tur o'yini 13 oktyabr, seshanba kuni Istanbulda bo'lib o'tadi.

Juma kuni "Galatasaroy" Turkiya Superligasi 7-turida "Qosimposho"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Gyundogan butun o'yinni zaxira o'rindig'ida o'tkazdi.

O'yindan so'ng germaniyalik futbolchidan "Barselona"ga qarshi o'yinga tayyorligi so'raldi.

"Men o'ynamayapman, qanday tayyor bo'lishim kerak?”, - deb javob berdi "Barsa" va "Man Siti"ning sobiq yarim himoyachisi.

35 yoshli Gundogan "Galatasaroy"ning asosiy tarkibiga kirmayapti va faqat ikki marta - ikkala holatda ham 84-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Haberler