Guardian: "FIFA JCH-2018 uchun qayta saylov e'lon qilishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
3 iyun 2014, 12:55
Guardian nashrining xabar berishicha, FIFA 2018 va 2022 yillarda bo'lib o'tadigan mundial mezbonligiga qayta saylov o'tkazishi mumkin.
Saylovga korrupsiya aralashgani sabab, bizda g'olib bo'lish uchun imkoniyat yo'k edi. Ma'lum bo'lishicha, Qatar mezbonlikka g'urrom yo'l bilan erishgan. Demak, Rossiyaga ham ishonch yo'k. FIFA qayta saylovni amalga oshirishi kerak  deb hisoblaydi Buyuk Britaniyaning sobiq sport ishlari vaziri Jerri Satkliff.
Bir necha hafta oldin sobiq FIFA ijro qo'mitasi a'zosi Muhammad bin Xammam 2010 yilgi saylovda FIFA saylovchilariga jahon chempionatini Qatarda o'tkazish uchun 5 million dollardan ko'proq pora bergani ma'lum qilingan edi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com