Grosskroyc: "Borussiya" muxlislari Levandovskini qo'llashlari kerak"

Tolibjon Qosimov
10 avg 2013, 14:05
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Kevin Grosskroyc klub hujumchisi Robert Levandovskini qo'llab-quvvatlashga chaqirdi, deb xabar bermoqda nemis OAV.
"Muxlislar uni qo'llab turishlari juda ham muhim. Robert jamoaga bor kuchini beradi. "Borussiya" muxlislari uni hushtakbozlik bilan kutib olishlarini hayolimga ham keltirmayapman", - deydi Grosskroyc.

Eslatib o'tamiz, Levandovski yozda "Bavariya"ga o'tishga rosa harakat qildi, biroq klub uni sotishga ko'nmadi. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com