"Golden Boy". Sovringa da'vogar uch futbolchi nomi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
21 okt 2017, 12:33
Italiyaning Tuttosport gazetasi tomonidan Yevropaning 21 yoshgacha bo'lgan futbolchisiga topshiriladigan "Golden Boy" sovrini uchun so'nggi da'vogarlar ro'yxati e'lon qilindi.

Oldinroq, 25 kishilik ro'yxat e'lon qilingan edi: Aaron Martin (Espanol), Jan-Kevin Ogyusten (RB Leyptsig), Rodrigo Bentankur (Yuventus), Stiven Bergveyn (PSV), Kalvert-Lyuin (Everton), Federiko Keza (Fiorentina), Usman Dembele (Barselona), Amadu Diavara (Napoli), Kasper Dolberg (Ayaks), Djanluidji Donnarumma (Milan), Gabriel Jezus (Manchester Siti), Djo Gomes (Liverpul), Benyamin Xenriks (Bayer), Borxa Mayoral (Real), Kilian Mbappe (PSJ), Emre Mor (Selta), Ris Oksford (Borussiya M), Kristian Pulishich (Borussiya D), Markus Rashford (Manchester Yunayted), Allan Sen-Maksimen (Nicca), Dominik Solanke (Liverpul), Teo Ernandes (Real), Yuri Tilemans (Monako), Enes Unal (Vilyarreal), Kayl Uoker-Piters (Tottenxem).

"Golden Boy" sovriniga da'vogarlik qiladigan uch finalchilar Kilian Mbappe, Usmon Dembele va Gabriel Jezus ekanligi ma'lum bo'ldi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia