Germaniyada o'ynovchi murabbiy o'zini zaxiradan maydonga tushirdi, so'ngra hakam tomonidan chetlatildi

Оқил Абдубарноев
8 mar 2024, 01:07
Germaniya Quyi Reyn kubogi chorak finalida "Rot-Vays Essen" "Yurdingen" ustidan g'alaba qozondi.

Uchinchi divizion vakili "Yurdingen" 1:2 hisobida yutqazayotgan paytda jamoaning o'ynovchi murabbiyi ust-kiyimlarini o'zgartirib, 78-daqiqada o'zini zaxiradan maydonga tushirdi. 

Ammo u uchrashuv so'ngida hakam bilan bahsli vaziyatda tortishgani uchun tomonidan dastlab ogohlantirildi. So'ngra maydondan chetlatildi. Jamoasi esa yana bir to'p o'tkazib yuborib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Kicker

O'xshash yangiliklar