Fridel: "Loris JCH-2014ning eng yaxshi darvozabonlaridan biri edi"

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2014, 15:09
"Tottenxem" darvozaboni Bred Fridel jamoadoshi Ugo Lorisning o'yinidan xursandligini malum qildi.
"Men birinchi bor "Tottenxem"ga kelganimda, bunday klub yosh darvozabonga munosibligini, u 10-14 yil yoki ko'proq o'ynay olishi mumkinligini aytgandim. Biz ko'p yillar davomida birinchi raqam bo'la oladigan darvozabon oldik.

Men Ugoga o'zimning hayratimni tushuntira olmayman, chunki u katta professional va juda yaxshi odam. Loris jahon chempionatining eng yaxshi darvozabonlaridan biri edi va "Tottenxem" u bilan shartnomani uzaytirib to'g'ri ish qildi" - deydi Fridel.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com