Fransiyadagi g'alati qaror: "Strasburg" murabbiyi Neymar haqidagi gapi uchun diskvalifikaciya qilindi

Tolibjon Qosimov
1 mar 2019, 19:41
Fransiyaning "Strasburg" klubi bosh murabbiyi Terri Lorey shartli ravishda bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Bunga sabab u Fransiya kubogi 1/16 final uchrashuvidan so'ng PSJ hujumchisi Neymar manzili tomon fikr bildirgan edi. O'yindan keyin Lorey Neymarning jarohat olganidan ajablanmaganini aytgandi. Chunki, braziliyalik o'zining o'yin uslubi bilan raqib himoyachilarini tez-tez qo'pol o'ynashga majbur qiladi.

"Strasburg"ga qarshi bahs 2019 yilning 23 yanvar kuni bo'lib o'tgan edi. Neymar o'shandan buyon maydonga qaytgani yo'q.



Forvard 2018/2019 yilgi mavsumda parijliklar safida 23ta o'yin o'tkazdi va 20ta gol urib, 11ta golli pas berdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: lequipe.fr