Fotomaqola. Bangladeshga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Nadirkhuja Yuldashev
16 sen 2014, 21:21
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 12:30da O'zbekiston terma jamoasining mashg'ulotlari boshlandi.
Kechagi o'yin ortda qoldi. Futbolda avvalgi o'yinni unutmasdan turib, yangisiga tayyorgarlik ko'rish qiyin. Buni Mirjalol Qosimov mashg'ulot avvalida yana bir bor futbolchilarga takidlab o'tdi.



  • Futbolchilar ham Gonkong bilan o'yinni unutishlari lozim, qolgan o'yinlarda g'alaba kutamiz


Afg'oniston terma jamoasi hali mashg'ulotlarini tugatmaganligi boisdan futbolchilarimiz biroz kutib qolishga majbur bo'lishdi. Ammo ular zerikib qolmadilar. Cha Pa laqabli it bilan o'ynashdi. Ha endi bu o'zimizning Chapani koreyscha nomida.




Bu it umrida buncha e'tiborni ko'rmagan bo'lsa kerak


Kecha o'yin bo'lib o'tganligi va mashg'ulot ancha erta boshlanganligi uchun futbolchilarimiz to'liq kuchlarini tiklab olmagan edilar. Shuning uchun mashg'ulotlar biroz engil o'tdi. Kecha o'ynaganlarning aksari alohida shug'ullandi.




  • Bundan oldingi rasmni qo'yardim-ku.... Agar jamoamiz chempion bo'lsa qo'yaman, kadr orti hangomalari bo'ladi. Rasmni qo'ydirish uchun ham Sardor har o'yinda gol ursa ajab emas... "Ey qulog'i chandiq qiz..." Uzr, buni faqat uch kishi tushunadi.


Bir guruh yigitlar bilan Shuhrat Maqsudov ishladi. Jami to'rtta jamoa ikki nafar futbolchidan oyoqda voleybol o'ynadilar. Rashidov - Isroilov juftligi hammadan ko'p g'alaba qozonishdi. Hoshimovga To'xtaxo'jaev tandem, Sergeev Krimec ikkisi edi. Kozak esa Shuhrat Maqsudov bilan o'ynadi.




Qiziqarli ko'rinishdagi mashqlardan biri


Shu tariqa terma jamoamizning navbatdagi mashg'ulot ham yakuniga etdi. Qolgan suratlarni quyida tomosha qiling. Ertangi mashg'ulot, Toshkent vaqti bilan tonggi 7:00da bo'ladi. 


Nodirxo'ja Yuldashev



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia