Foden "Manchester Siti"ning bir nechta uchrashuvini o'tkazib yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
27 mar 2023, 14:05
Kuni-kecha futbolchining ko'richagi olib tashlandi va endi tiklanishga biroz vaqt kerak bo'ladi.

"Manchester Siti" xavbeki shu sabab Fil Foden Angliya termasi qarorgohini tark etishga majbur bo'ldi.

Ko'richagni olib tashlash uchun amalga oshirilgan jarrohlik amaliyoti tufayli Foden "Man Siti"ning ham bir nechta uchrashuvini o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.

Bu mavsum Foden hisobida APLning 24 uchrashuvida 9 ta gol.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal