“Flamengo” muxlislari navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng jamoa himoyachisi Andre Santosga hujum qilishdi

Tolibjon Qosimov
21 iyul 2014, 11:36
“Internasonal”dan uchralgan navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng, “Arsenal” sobiq himoyachisi, hozirda esa “Flamengo”da to'p surayotgan Andre Santosga muxlislar hujum uyushtirishdi.
Bu hodisa, 31 yoshli futbolchi Portu-Allegridagi stadionni tark etayotganda yuz bergan. Santosning yuzi va tana qismiga bir necha zarbalar berishgan.

“Flamengo”, “Kuritiba” va “Figeyense” mamlakat chempionatining eng so'nggi pog'onalarida ketishyapti. Jamoalar 11 uchrashuvda bor yo'g'i 7 ochko yig'ishgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru