Fernandu Santush Igor Sergeev va Egor Krimec bilan bir klubda ishlashi mumkin

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2016, 11:41
O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Egor Krimec va Igor Sergeev to'p tepadigan "Beyjin Goan" Evro-2016da g'olib bo'lgan Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyiga qiziqish bildirmoqda.

Agar mutaxassis Xitoy klubining taklifini qabul qilsa, uning maoshi to'rt marta oshadi va 8 mln. evroga aylanadi. Portugaliya futbol federatsiyasi murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.

Santush tez orada kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola