

"Le 10 Sport" nashri xabariga ko'ra, "Fenerbahche" 30 yoshli futbolchini qishki transfer mavsumida o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda. O'z navbatida Shupo-Motingning PSJ bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. Shu tufayli kamerunlik futbolchi boshqa jamoalar bilan muzokaralar o'tkazishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Shupo-Moting davom etayotgan mavsumda 9 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.




