Fellayni Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
8 mar 2019
"Shandon Luneng" yarim himoyachisi Maruan Fellayni "tvitter"dagi sahifasida Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi.

"Terma jamoada o'tkazgan 12 yilimdan so'ng xalqaro futboldagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bu qarorni qabul qilish oson bo'lmadi, biroq yosh belgiyaliklarga joy bo'shatish vaqti keldi deb hisobladim.

Faoliyatim davomida men bilan birga ishlagan insonlarga raxmat aytaman. Murabbiy va jamoaga Yevropa chempionati saralashida omad tilayman. Raxmat, Belgiya" - deydi Fellayni.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Fellaini