"Fanat Superliga". "Surxon" – "Qo'qon-1912" 2:2

Narzulla Saydullayev
30 mar 2020, 17:15
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi. 

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  "Surxon" – "Qo'qon-1912"

"O'yin" soat 17:15da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. 

1-savol: 2003 yil o'zbekistonlik futbolchi Aleksandr Geynrix SSKA safida shu raqam ostida o'ynagan. Bizga raqamni emas “Chelsi” klubida shu raqamda o'ynagan mashhur futbolchini ayting? Javob: Jon Terri, 26 raqami (INTER I LOVE YOU INTER  "Qo'qon" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: 2002/2003 yilgi mavsum Angliya premer-ligasida faqat “Blekbern” a'zolari shu ishni amalga oshirishmagan ekan. Bu nima ish? Javob: Penalti tepishmagan. (Kokand football city "Surxon" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: Pavel Bugalo, Erkin Baydullaev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Bahodir Nasimov. Bu futbolchilar bir vaqtning o'zida qaysi jamoa safida qaysi musobaqada birga o'ynashgan? Javob: "Bunyodkor" safida 2010 yilgi MDH kubogida. (Temurbek Valiev  "Qo'qon" muxlisi birinchi to'liq javob berdi)

4-savol: Asror Aliqulov milliy terma jamoa safida nechta gol urgan? Javob: urmagan (Dimkaaaa "Surxon" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi. "Surxon" – "Qo'qon-1912" 2:2


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia