

"Agar mendan Yurgen Kloppning keyingi qadami nima bo'lishini so'rasangiz, unutmangki, u hali ham "Red Bull loyihasida juda band. U butunlay shu loyihaga e'tibor qaratgan. "Real"ga kelsak, men sizlarga doimo shuni aytib kelaman: avval Arbeloa bilan nima bo'lishini ko'raylik. Chunki Arbeloa hozir ajoyib ishlamoqda. Avval La Ligada yaxshi natija ko'rsatdi, endi Chempionlar Ligasida. Bu birinchi qadam.
Ikkinchi qadam: men avval aytganimdek, "Real" rahbariyatida Kloppni juda qadrlaydigan odamlar bor. Lekin hozircha bundan boshqa hech narsa bilmayman", - dedi Romano o'z YouTube-kanalidagi chiqishida.



