Fabinoning qachon safga qaytishi ma'lum

Alisher
30 okt 2020
"Liverpul" va Braziliya terma jamoasi xavbeki Fabino jiddiy jarohatdan qutulib qoldi.

Futbolchi Chempionlar Ligasi guruh bosqich 2-tur doirasidagi "Midtyulland"ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. U endi noyabr oyidagi terma jamoa o'yinlaridan so'ng qaytadi.

Fabino joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushdi.

26 yoshli braziliyalik futbolchi mersisaydliklar tarkibida 2018 yilning yozidan beri o'ynaydi. "Liverpul" futbolchini "Monako"dan 45 million evro evaziga xarid qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Mirror