Yevropaning ikki chempionati tez orada davom ettiriladi

Alisher
16 apr 2020
Avstriya va Chexiya hukumatlari tez orada futbol mavsumini davom ettirish bo'yicha qaror qabul qilishlari mumkin.

Bu mamlakatlar aholisi ko'p bo'lmaganligi sababli, u yerdagi epidemiologik vaziyat asta-sekin pasaymoqda.

Kelgusi haftada futbolchilar mashg'ulotlarga qaytadilar va chempionat may (katta ehtimol) yoki iyun oyida boshlanishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Avstriyada 14,370, Chexiyada esa 6,301 inson koronavirusga chalingan.


AlisherMuallif
Manba: Reuters