Evro-2016 chempioni “Lokomotiv”da qoladigan bo'ldi

Joau Mariu hozircha “Inter”ga qaytmaydi.

Ma'lum bo'lishicha, Moskvaning “Lokomotiv” klubi portugaliyalik 27 yoshli yarim himoyachi Joau Mariuni mavsum so'ngiga qadar klubda olib qoladi. “Loko” futbolchining ijarasini mavsum so'ngiga qadar uzaytirgan. Klub unga maosh to'lashda davom etadi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining Moskva klubi bilan ijara shartnomasi 30 iyunda yakunlashi kerak edi va shundan so'ng Mariu “Inter”ga qaytishi kerak bo'lardi.


Manba: Sport Mediaset