"Everton" "Yuventus" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
31 dek 2020, 12:50
"Everton" "Yuventus" xavbeki Adrien Rabo bilan muzokaralar olib bormoqda.

Rabo "Yuve" tarkibiga 2019 yilning yozida kelib qo'shilgan edi, ammo hali yangi jamoasiga moslasha olmayapti.

Rabo joriy mavsum A Seriyada 9ta o'yinda maydonga tushdi.

Futbolchining xizmatlariga "Everton"dan tashqari Londonning "Arsenal" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, 24 yoshli Rabo PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016-2018 yillar davomida Fransiya terma jamoasida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail