

30 yoshli angliyalik futbolchi 17-daqiqadayoq jarohat oldi va uning o'rniga Demaray Grey tushirildi.
Jarohat tafsilotlari va o'yinchining tiklanish muddati tibbiy tekshiruvdan so'ng ma'lum bo'ladi.
Taunsend joriy mavsum APL doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.



