Eshitdik-da! Piter Xyuistra "Paxtakor"ni tark etdi

6 yanv 2022, 19:02
Toshkentning "Paxtakor" klubi murabbiylar shtabida o'zgarish bo'ladi.

Eshitishimizga qaraganda, jamoani 2021 yilgi mavsumda boshqargan Piter Xyuistra bilan hamkorlik davom ettirilmaydi. Niderlandiyalik mutaxassis ko'p ehtimol bilan Shota Arveladzening yangi jamoasida u bilan birga ish boshlaydi. Avvalroq Shota Angliyaning "Xall Siti" klubini qabul qilib olishi haqida xabar bergandik.

Eslatib o'tamiz, Piter 2018-2020 yillarda ham gruziyalik murabbiyning "Paxtakor"dagi assistenti vazifasini bajargan edi.

Shuningdek, "Paxtakor"ning yangi murabbiyi ham xorijlik mutaxassis bo'ladi. Uning 8 yanvar kuni Istanbul orqali Toshkentga uchib kelishi kutilyapti.


Manba: championat.asia