Eshitdik-da! Osiyo chempionlariga “Lacetti Gentra” sovg'a qilinadi

Eldor Akmurzayev
20 mar 2023
U-20 Osiyo Kubogiga mezbonlik qilgan O'zbekiston bosh sovrinni ham o'zida qoldirdi.

Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, hozirda “Bunyodkor” stadioniga “Lacetti Gentra” rusumli avtomobillar olib kelingan va ularga U-20 logosi tushirilgan. Mashinalar tez orada Osiyo chempionlariga topshirilishi kutilmoqda. Taqdirlash marosimi 11:00 da boshlanadi.

Avvalroq, saytimiz orqali Ravshan Haydarov shogirdlari FIFA kunlarida rossiyalik tengqurlariga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkinligi haqida xabar bergandik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia