Eshitdik-da! Olimpiadaga boradigan futbolchi "Bunyodkor"ga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2024
"Bunyodkor" klubi ikkinchi davradan oldin o'z tarkibini kuchaytirmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, OKMK klubiga tegishli bo'lgan himoyachi Asadbek Rahimjonov mavsumning ikkinchi qismini "Bunyodkor" safida ijarada o'tkazadi. Rahimjonov birinchi davrada "Olimpik" tarkibida ijarada o'ynagandi va ayni paytda O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida Fransiyada yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik olib bormoqda. 

Ma'lumot uchun, 2004 yilda tug'ilgan himoyachi bugunga qadar O'zbekiston Superligasida jami 30 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali ayni paytda Rahimjonovni 300 ming evroga baholamoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia