Eshitdik-da! Larin "Neftchi" futbolchisiga aylandi

Оқил Абдубарноев
29 iyul 2022, 14:07
"Paxtakor" himoyachisi Oleksiy Larin "Neftchi" a'zosiga aylandi.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, farg'onaliklar mudofaa chizig'ini "sherlar"ning ukrainalik himoyachisi bilan kuchaytirdi. 

Eslatib o'tamiz, O'zPFL reglamentida ko'rsatilgan legionerlar limitiga binoan jamoalar 4 nafar boshqa qita vakili hamda 1 nafar osiyolik futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olish huquqiga ega. "Paxtakor"da esa xorijlik futbolchilar soni 5 taga yetib ulgurgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia