Eron. Muhim paytda "Istiqlol" ochkolarni boy berdi

Mirjalol Normatov
28 fev 2022, 23:53
Eron chempionatining 20-turi doirasida "Istiqlol" safarda "Nassaji Mazandaran" jamoasi mehmoni bo'ldi.

Ushbu uchrashuvda nursiz durang qayd etildi - 0:0. Bahsning 55-daqiqasida Azizbek Amonov zaxiradan maydonga tushdi.

Shu orqali chempionat tugashiga 3 tur qolganida Eron chempionatida g'oliblik uchun kurash yana qiziydigan bo'ldi. Bugun "Persepolis" o'z maydonida "Mes Rafsanjan" jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi va peshqadam bilan farqni 3 ochkogacha qisqartirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia