Emre Jan yaqin vaqtlar ichida jamoasini o'zgartiradi

Mirjalol Normatov
27 yanv 2020, 19:59
"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.

"Football Italia" nashri jurnalisti Nikolo Skira bergan ma'lumotlarga ko'ra, Dortmundning "Borussiya"si 26 yoshli xavbekni sotib olishga yaqin turibdi. Transfer narx esa 23 mln evroni tashkil qiladi. Muzokaralar o'zining yakuniy pallasida.

Dortmund klubi futbolchi bilan 2024 yilga qadar bo'lgan shartnomaga imzo chekadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia