

Footmercato nashrining xabar berishicha, terma jamoamiz sardoriga Fransiyaning “Renn“ klubi ham qiziqish bildirmoqda. Fransiya klubi sport direktori Luika Dezire 29 yoshli futbolchi borasida Rim klubiga so'rov yuborgan.
Ma'lumot uchun, “Renn“ o'tgan mavsum Liga 1 musobaqasida 12-o'rini egallagan.



